1993-yil
25-iyulda Shimbay tumanida tavallud topgan. Bolaligidan raqs san’atiga qiziqqan.
Bugungi kunda Qoraqalpoq Davlat Universitetining Jurnalistika ta’lim yo’nalishining
2-bosiqchida tahsil olmoqda.
12 yoshidan buyon
rasq san’ati bilan shug’ullanib kelmoqda. 2009-yildan buyon Amu to’lqini” folklor-etnografiyalik
ansamblida faoliyat olib bormoqda.
2013-yilda Mukarrama
Turg’unboyeva nomidagi ko’rik tanlovga qatnashib Qoraqalpog’iston Respublikasi
bosqichida faxrli birinchi o’rinni egalladi. 2014-2015 yillarda o’tkazilgan “Nihol”
mukofoti”ning Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha g’oliblar safidan joy
olgan.
Bugungi kunda u
Respublika miqyosidagi barcha bayram va tadbirlarda o’zining raqslari bilan
ishtirok etib kelmoqda.
Ziywar
jurnalistika sohasiga qiziqadi va uning bir nechta ilmiy, tahliliy va tanqidiy
maqolalari ham e’lon qilingan.

Комментариев нет:
Отправить комментарий